O'n yillik davr davomida ishtiyoq bilan qilgan mehnatimizning samarasini ko'p marotaba ko'ra oldik, va ko'plab saboqlar oldik. Natijada, NMedov O'zbekiston oziq-ovqat sanoatining etakchilaridan biriga aylandi.

Kichiklikdan kattalik sari
Faoliyatimiz boshida kompaniyamiz kichik bir tashkilot bo'lib, faqat shokoladli pasta ishlab chiqarardi. U yerda faqatgina 15 kishi ishlagan. Keyingi o'n yil davomida biz ishlab chiqarishni shokoladli kremlardan italyancha makaron mahsulotlarigacha diversifikatsiya qila oldik va bugungi kunda xoldingimizda 200 dan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

Ishonchli brend
Biz NMEDOV Holdingning deyarli har bir mahsuloti O'zbekistondagi ko'pchilik xaridorlarning afzal ko’rgan mahsuloti ekanligi bilan faxrlanamiz. "Chococream" shokoladli kremi mahsulotlarimizning sotilishi hajmida shubhasiz yetakchi hisoblanadi, shuningdek shokoladli pasta va kremlar bozorining eng katta ulushiga ega. «Hot Lunch» tezpishar ugrasi Xoldingimiz g'ururining yana bir namunasidir. Chunki jiddiy raqobat sharoitida xaridorlarтштп ko'pchiligi aynan bizning mahsulotni afzal ko'riladi.

Dunyoning barcha burchaklariga
Biz o'z mahsulotlarimizni dunyoning turli mamlakatlariga faol eksport qilamiz va yangi eksport shartnomalarini tuzadigan turli yarmarkalarda ishtirok etamiz. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladigan "Made in Uzbekistan" yarmarkasida muntazam ishtirok etib, Tojikistonning Dushanbe shahrida mahsulotimizni namoyish qildik. Bundan tashqari biz Toshkent shahri Tovar ishlab chiqaruvchilarining Qozoqistonning Shimkent shahrida o’tkazilgan ko'rgazmasida faol ishtirok etdik. Biz ishtirok etadigan ko'rgazmalarda tanishadigan har bir yangi eksport hamkorimiz bilan chin dildan faxrlanamiz.

 

>10лет на
рынке
>5производственные
комплексы
>150видов
продукции
>10бренды-лидеры
№1 в Узбекистане