Xolding tarixi 2006 yildan boshlanadi. Biz "Chococream" kompaniyasini aynan o’sha yili tashkil etganmiz. Bizning "Chococream" va "Chocotella" shokolad va sutli pastalarimiz haqiqiy ildamlash bo’ldi. Ushbu mahsulotlarning sharofati bilan O'zbekistonda bunday mahsulotlarni nonushta va kechki ovqatga tanavvul qilish urfga kirdi.

Keyingi qadam 2009 yilda "Finland Butter" ("Donna" yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish) kompaniyasining tashkil etilishi bo'ldi. Huddi shu o’sha paytda mahsulot sifatini jiddiy nazorat qilish va kompaniyalarimizni strategik rivojlantirish zarurati yuzaga keldi. Buning uchun NMedov xoldingi tashkil etildi. Biz Yevropa va O'zbekistonning eng yaxshi mutaxassislarini taklif qila boshladik. Ularning ishi tufayli biz "Shvetsiya" va "Kiev" kabi mashhur spredlarn va boshqa ko'plab yog'-moy mahsulotlarini i yarata oldik.

Bundan tashqari, aholining ehtiyojlarini yetarli darajada qondira olishimiz uchun O’zbekiston bozorini o’rganish uchun 2009 yilda shokolad mahsulotlari komissiyasini tuzdik. Natijada, 2010 yilda "Glory Food" korxonasi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu korxonaning "Estello", "Morelia", "Valenсia", "Glory", "Paris", "Kelly" va "Karavan" brendi ostidagi konfetalari O'zbekistonda e'tirofiga sazovor bo’ldi va MDH davlatlariga muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.

2013 yilda o’z oldimizga tezpishar ugra bozorida yetakchilik qilishni maqsad qilib qo’ydik. Bu maqsadga erishish uchun "Ardent Foods" kompaniyasi tashkil etildi. Va 2014 yildayoq korxona italiya texnologiyasi asosida "Hot Lunch" brendi ostida o’ziga xos ugra ishlab chiqara boshladi. Shu yili biz "Hot Lunch" va "Di Lucho" brendlari ostida makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. Shu sababli bugungi kunda biz O'zbekistonda tezpishar ugra mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonamiz.

2015 yilda biskvitle oladyalarni ishlab chiqarishni boshladik. Gollandiyada ishlab chiqarilgan avtomatlashtirilgan uskunalarni o'rnatdik. 2016 yilning fevralida “Finland Butter” sho’ba korxonasi “Pankie” brendi ostidagi turli nachinkalar bilan to’ldirilgan biskvitli oladyalarni ishlab chiqarishni boshladi. Iste'molchilar bizning oladyalarimizni iliq kutib olishdi. Ular ayniqsa bolalar va o'smirlar orasida mashhurdir.  Bizning sa’y-harakatlarimiz tufayli O'zbekistonda yangi yo'nalish, ya’ni biskvitli oladyalar yo’nalishi vujidga kelyotganidan faxrlanamiz. Bundan tashqari, ushbu mahsulotni chet elda sotish ham niyatidamiz.