NMedov xalqaro ko’rgazmalarda


Bir necha kun avval Moskva shahrida xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. NMedov xolding kompaniyasi ushbu ko’rgazmada faol ishtirok etdi va o’zining keng assortimentdagi mahsulotlarini taqdim etdi. Rossiyalik yetkazib beruvchilar va iste’molchilar NMedov mahsulotlarining sifati va narxidan mamnun bo’lib qolishdi. Kompaniya mahsulotlarini Rossiya bozoriga kiritish istiqbollari haqida ijobiy fikrlar bildirildi.

Yaqin kunlarda Bishkek (Qirg’iziston) shahrida yanqi mintaqaviy ko’rgazma o’z ishini boshladi. Ushbu ko’rgazmada NMedov xolding kompaniyasi o’zining O’zbekiston bozorida mashhur bo’lgan Chococrem, Chocotella, Hot Lunch, Donna, Pankie, Velona, Riolla, Estello va boshqa brendlari ostidagi mahsulotlarini taqdim etdi. Qo’shni davlatlar iste’molchilari va yetkazib beruvchilarini baxtiyor qilish va sifatli mahsulotlar taqdim etish orqali maftun etish NMedov xolding kompaniyasining eng asosiy vazifasidir.