Xolding haqida Mahsulotlar Yangiliklar Bog‘lanish

Xolding haqida

Sifat barqarorligi, o‘z vaqtida yetkazib berish, ta’minotchilar va hamkorlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlar

  • Glory Food

    «ESTELLO», «VALENCIA», «MORELIA», «KARAVAN» va boshqa shokolad konfetlarini ishlab chiqarish.

  • Chococream

    «CHOCOCREAM», «CHOCOTELLA», «VELONA», «BLITZ», «SLADOK», «TWO BITE» shokoladli pastalarini ishlab chiqarish.

  • Finland Butter

    «FINLAND», «SHVEDSKOE», «DONNA», «KIYEVSKOE», «SANTO», «SLIVOCHNOE UDOVOLSTVIE», «PANKIE» yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish.

  • Ardent Foods

    «НОТ LUNCH», «STROBAR» tez tayyor bo‘ladigan ugra va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish.

Xolding haqida

"N'medov" nomidagi yirik xolding kompaniyasi kompaniyalar guruhidan iborat va u O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida yetakchilardan biri hisoblanadi.

Our brands

>15 O‘zbekistonda 15 dan ortiq
yetakchi brendlar

Bizning missiya

  • 01
    Turli toifadagi sifatli va mazali oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etish.
  • 02
    Jahon maydonida dong taratgan brendga aylanish
  • 03
    Dunyoni yanada lazzatli qilish

Xolding tarixidan

  • 2006

    Xoldingimiz tarixi 2006-yilga borib taqaladi. Aynan o‘sha vaqtda biz «Chococream” kompaniyasini tuzdik. Bizning «Chococream» va «Chocotella» shokoladli va sutli pastalarimiz haqiqiy sakrash bo‘lgan. Aynan shu mahsulotlar tufayli O‘zbekistonda monand mahsulotlarni nonushtaga va kechki taom sifatida iste’mol qilish ommalashdi.

  • 2009

    Navbatdagi qadam 2009-yilda «FinlandButter» kompaniyasining («Donna» yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish) tashkil etilishi bo‘ldi. Aynan o‘sha vaqtda mahsulotlar sifatini nazorat qilish va kompaniyalarimizni strategik rivojlantirish zaruriyati talabi yuzaga keldi. Mana shuning uchun NMedov xoldingiga asos solindi.

    Biz Yevropa va O‘zbekistondan eng yaxshi mutaxassislarni ishga taklif qila boshladik. Ularning xizmatlari tufayli «Shvedskoe» va «Kiyevskoe» kabi mashhur spredlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Yana boshqa ko‘plab yog‘-moy mahsulotlarini ham.

    Shuningdek, 2009-yilda biz shokolad mahsulotlari bo‘yicha komissiya tuzdik, uning vazifasi aholining talab-ehtiyojlarini yetarli darajada qondira olishimiz uchun O‘zbekiston bozorini o‘rganishdan iborat edi.

  • 2010

    Natijada, 2010-yilda «GloryFood» korxonasiga asos solindi. Bugungi kunga kelib, mazkur korxonaning «Estello», «Morelia», «Valencia», «Glory», «Paris», «Kelly» va «Karavan» brendlari ostidagi konfetlari O‘zbekiston bozorini egallab, MDH mamlakatlariga ham muvaffaqiyat bilan eksport qilinmoqda.

  • 2013

    2013-yilda biz rivojlanib borayotgan tez tayyor bo‘ladigan ugra bozorida peshqadam mavqega ega bo‘lishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Mazkur maqsadga erishish uchun «ArdentFoods» kompaniyasi tashkil etildi.

  • 2014

    2014-yilga kelib esa, Italiya texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan, «HotLunch» brendi ostidagi ajoyib tez tayyor bo‘ladigan ugra ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

    O‘sha yilda biz «HotLunch» va «DiLucho» brendi ostida makaron mahsulotlarini ishlab chiqara boshladik. Shular sabab, bugungi kunda biz O‘zbekistonda eng yirik tez tayyor bo‘ladigan ugra ishlab chiqaruvchilari qatoridan o‘rin olganmiz.

  • 2015

    2015-yilda biz biskvitli oladya ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ya boshladik. Avtomatlashtirilgan golland uskunalarini o‘rnatdik.

  • 2016

    2016-yilning fevralida «FinlandButter» sho‘ba korxonasi «Pankie» brendi ostida turli nachinkali biskvitli oladyalar ishlab chiqara boshladi. Iste’molchilar oladyalarimizni juda iliq kutib oldilar. Bolalar va o‘smirlar orasida u ayniqsa mashhur.

    Bizning sa’y-harakatlarimiz tufayli O‘zbekistonda yangi yo‘nalish – biskvitli oladyalarni tayyorlash maydonga chiqayotganidan faxrlanamiz. Shuningdek, biz ushbu mahsulotimizni chetga chiqarish niyatidamiz.

  • 2025

    “Nmedical” tibbiyot markazining ochilishi
    “Nmedical” — eng zamonaviy PET uskunalari va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan zamonaviy yadro tibbiyoti markazidir. Biz onkologiyaga qarshi bilim va tajribamiz bilan kurashamiz! nmedical.uz

Strategiya, 2022

Biz erishgan yutuqlarimizning eng katta tashkil etuvchisi to‘g‘ri qurilgan strategiya. Bugungi kunga kelib, mutaxassislarimiz tomonidan 5 yillik reja ishlab chiqilgan va u 2022 yilning oxiriga qadar amal qiladi.

Har yili oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid ikkita yangi loyiha ishga tushiriladi
MDH mamlakatlari o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarining eng yirik va mashhur ta’minotchisi bo‘lishga intilish.
Xorijiy ekspertlar va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish muassasalari bilan ishlash tajribasi tufayli o‘z kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borish.

Xolding hamkorlari

Xolding yangiliklari