Xolding hamkorlari
-
-
Mana 80 yildirki mijozlarimiz bizning nomimizni yaxshi biladilar va bizga ishonadilar. Dunyoda birinchi vakuumli shakar pishirgichi bo‘lgan SOLLKOCH mashinasini ishlab chiqish bilan boshlangan faoliyat sog‘lom rivojlanish bilan avloddan avlodga o‘tib, kengayib kelmoqda. Uchinchi avlod hozirda katta muvaffaqiyat bilan SOLLICH oilaviy kompaniyasini boshqarmoqda.
-
-
Har kuni milliardlab insonlar asosiy ovqatlanish va harakatlanish ehtiyojlarini qondirish uchun Byuler texnologiyasidan foydalanadilar. Bizning texnologiya smartfonlarda, quyosh batareyalarida, tagliklarda, lab bo‘yoqlari, banknotalarda, siz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarida va siz harakatlanyotgan avtomobillarda qo‘llaniladi. Biz innovatsiyalarni yaratish yo‘li bilan, insonlarning sog‘lig‘i va xavfsizligiga, ekologiyaga alohida e’tibor qaratgan holda, hayotingizni yanada yaxshiroq qilishga intilamiz.
-
AAK insonlar sevib iste’mol qiladigan ko‘plab mahsulotlarning qimmatbaho tarkibiy qismi bo‘lgan o‘simlik yog‘lariga ixtisoslashadi. Biz bu mahsulotlarni yanada mazaliroq, sog‘lomroq va ekologik toza qilamiz. Biz ularning organoleptik xossalarini yaxshilaymiz, premium toifadagi shokoladlarga nafislikni, o‘simlik asosidagi gamburgerga shirali teksturani, yog‘siz xamirga esa yumshoqlik xususiyatini beramiz.
-
Bizning 155 000 nafar mutaxassislardan iborat jamoamiz 70 mamlakatda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, ovqatlanish va qaltisliklarni boshqarish dunyosini o‘zaro bog‘laydi. 155 yildirki, biz yanada kattaroq bozorlarga yo‘l ochgan holda, fermerlarga ko‘proq hosil yetishtirishga yordam beramiz. Biz muntazam ravishda, iste’molchilarga ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligini yaxshilash bilan bir qatorda, ular izlayotgan narsalarni bera oladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaramiz. Biz shuningdek, barcha hamkorlarimizga innovatsiyalarni joriy etishda va qaltisliklarni boshqarishda yordam ko‘rsatamiz, modomiki ular ertaga dunyoni ta’minlay olsinlar.