Bizning yutuqlarimiz
Faoliyatmizning ilk davrida bizning kompaniyamiz kichik tashkilot edi va hozirda barchaga ma’lum bo‘lgan "Chococream"va " Chocotella" shokoladli pastalarini ishlab chiqargan. Tashkilotimizda 15 kishi ishlagan. So‘nggi 10 yilda biz ishlab chiqarishimizni shokolad pastasidan boshlab makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha diversifikatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldik. Bugungi kunga kelib kompaniyamizda 200 dan ziyod malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Bizning har bir mahsulotimizga O‘zbekiston oziq-ovqat bozorida talab katta ekanidan faxrlanamiz. «Chococream» shokoladli pastasi sotilishi bo‘yicha shak-shubhasiz peshqadam bo‘lib, shokoladli pasta va kremlar bozorida juda katta ulushni tashkil etadi. Tez tayyor bo‘ladigan «HotLunch» ugrasi Xoldingimizning yana bir faxri, sababi juda kuchli raqobatli muhitda xaridorlarning aksari qismi aynan bizning mahsulotimizni afzal ko‘radi.
Biz o‘z mahsulotlarimizni eksport qilish bilan faol shug‘ullanamiz va turli yarmarkalarda ishtirok etib, eksport uchun yangi shartnomalar imzolaymiz. O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tkaziladigan MadeinUzbekistan yarmarkasining doimiy ishtirokchisi sifatida, biz Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘z mahsulotlarimizni namoyish etishga muvaffaq bo‘ldik. Shuningdek, biz Qozog‘istonning Shimkent shahrida o‘tkazilgan Toshkent shahri tovar ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasida ham faol qatnashdik. Biz ko‘rgazmalarda tanishadigan eksport bo‘yicha yangi har bir hamkorimiz bilan faxrlanamiz.