Xolding tarixidan
-
2006
Xoldingimiz tarixi 2006-yilga borib taqaladi. Aynan o‘sha vaqtda biz «Chococream” kompaniyasini tuzdik. Bizning «Chococream» va «Chocotella» shokoladli va sutli pastalarimiz haqiqiy sakrash bo‘lgan. Aynan shu mahsulotlar tufayli O‘zbekistonda monand mahsulotlarni nonushtaga va kechki taom sifatida iste’mol qilish ommalashdi.
-
2009
Navbatdagi qadam 2009-yilda «FinlandButter» kompaniyasining («Donna» yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish) tashkil etilishi bo‘ldi. Aynan o‘sha vaqtda mahsulotlar sifatini nazorat qilish va kompaniyalarimizni strategik rivojlantirish zaruriyati talabi yuzaga keldi. Mana shuning uchun NMedov xoldingiga asos solindi.
Biz Yevropa va O‘zbekistondan eng yaxshi mutaxassislarni ishga taklif qila boshladik. Ularning xizmatlari tufayli «Shvedskoe» va «Kiyevskoe» kabi mashhur spredlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Yana boshqa ko‘plab yog‘-moy mahsulotlarini ham.
Shuningdek, 2009-yilda biz shokolad mahsulotlari bo‘yicha komissiya tuzdik, uning vazifasi aholining talab-ehtiyojlarini yetarli darajada qondira olishimiz uchun O‘zbekiston bozorini o‘rganishdan iborat edi.
-
2010
Natijada, 2010-yilda «GloryFood» korxonasiga asos solindi. Bugungi kunga kelib, mazkur korxonaning «Estello», «Morelia», «Valencia», «Glory», «Paris», «Kelly» va «Karavan» brendlari ostidagi konfetlari O‘zbekiston bozorini egallab, MDH mamlakatlariga ham muvaffaqiyat bilan eksport qilinmoqda.
-
2013
2013-yilda biz rivojlanib borayotgan tez tayyor bo‘ladigan ugra bozorida peshqadam mavqega ega bo‘lishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Mazkur maqsadga erishish uchun «ArdentFoods» kompaniyasi tashkil etildi.
-
2014
2014-yilga kelib esa, Italiya texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan, «HotLunch» brendi ostidagi ajoyib tez tayyor bo‘ladigan ugra ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘sha yilda biz «HotLunch» va «DiLucho» brendi ostida makaron mahsulotlarini ishlab chiqara boshladik. Shular sabab, bugungi kunda biz O‘zbekistonda eng yirik tez tayyor bo‘ladigan ugra ishlab chiqaruvchilari qatoridan o‘rin olganmiz.
-
2015
2015-yilda biz biskvitli oladya ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ya boshladik. Avtomatlashtirilgan golland uskunalarini o‘rnatdik.
-
2016
2016-yilning fevralida «FinlandButter» sho‘ba korxonasi «Pankie» brendi ostida turli nachinkali biskvitli oladyalar ishlab chiqara boshladi. Iste’molchilar oladyalarimizni juda iliq kutib oldilar. Bolalar va o‘smirlar orasida u ayniqsa mashhur.
Bizning sa’y-harakatlarimiz tufayli O‘zbekistonda yangi yo‘nalish – biskvitli oladyalarni tayyorlash maydonga chiqayotganidan faxrlanamiz. Shuningdek, biz ushbu mahsulotimizni chetga chiqarish niyatidamiz.
-
2025
“Nmedical” tibbiyot markazining ochilishi
“Nmedical” — eng zamonaviy PET uskunalari va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan zamonaviy yadro tibbiyoti markazidir. Biz onkologiyaga qarshi bilim va tajribamiz bilan kurashamiz! nmedical.uz