Xolding haqida Mahsulotlar Yangiliklar Bog‘lanish

“Yoshlar kuni” doirasida sport tadbirlari o‘tkazildi

Publication date: 27.04.2026

🔺 Andijon shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan sport va ommaviy jismoniy faollik tadbirlari tashkil etildi. Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan yoshlar siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, haftaning har payshanba kuni keng nishonlanmoqda.

📍 Andijon shahar 2-son sport maktabi hamda “N’medov” xolding kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlar doirasida tennis bo‘yicha “N’medov kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda turli yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘zaro bellashib, g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

✅ Shuningdek, tadbirlar doirasida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida mahalla faollari va yoshlar ishtirokida “5000 qadam” ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Mazkur marafon davomida ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o‘tib, ommaviy jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan tadbirda faol ishtirok etdilar.

✔️ Bundan tashqari, “N’medov” nomidagi yirik xolding kompaniyasi tomonidan tadbir ishtirokchilari va mahalla aholisi vakillariga tennis sport to‘plari tarqatildi. Bu kabi tashabbuslar yoshlar va aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni muntazam jismoniy faollikka jalb etishga xizmat qiladi.